Putin G20 ning onlayn sammitida ishtirok etishi aytildi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin G20 yetakchilarining virtual sammitida nutq so‘zlaydi. Bu haqda Kreml voizi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.  

G20 a’zolari davlat rahbarlari jahon iqtisodiyoti va moliyasidagi vaziyat, iqlim kun tartibi, raqamlashtirish masalalarini muhokama qilishi rejalashtirilgan. Hindistonning bu yilgi raisligi yakunlari ham sarhisob qilinadi. Dmitriy Peskovning bildirishicha, Putin dunyodagi hozirgi “juda notinch” vaziyat bo‘yicha Rossiya pozitsiyasini bayon qilmoqchi. 

G20 virtual sammiti sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan sammitda qabul qilingan turli qarorlarning, jumladan, milliy va xalqaro platformalar orqali samarali amalga oshirilishiga yordam berishi kutilmoqda. Hindiston tomoni uchrashuvda “iloji boricha ko‘proq yetakchilar” ishtirok etishini kutmoqda. 

Bu G20 sammitining joriy yildagi ikkinchi uchrashuvidir. Avvalgisi Nyu-Dehlida (Hindiston) 9-10 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tgan edi. Putinning topshirig‘iga ko‘ra, Rossiya delegatsiyasiga Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchilik qildi. An’anaga ko‘ra, G20 sammitlari yiliga bir marta o‘tkaziladi, ammo sentyabr oyida Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi kiritilgan takliflarni ko‘rib chiqish uchun virtual sessiya o‘tkazishni taklif qildi. 

Bu uchrashuv Hindiston G20 raisligining yakuni bo‘lishi kerak. Yangi Dehli raislikni joriy yil 30 noyabrgacha saqlab qoladi. 1 dekabrdan tashkilotga raislik Braziliyaga o‘tadi. 

G20 tarkibiga Avstraliya, Argentina, Afrika Ittifoqi, Braziliya, Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi, Germaniya, Hindiston, Indoneziya, Italiya, Xitoy, Meksika, Koreya Respublikasi, Rossiya, Saudiya Arabistoni, AQSH, Turkiya, Janubiy Afrika, Fransiya va Yaponiya kiradi. 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin G20

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing