“Putin faqat sizni eshitishni xohlar”. Italiya Bosh vaziri Baydenga maslahat berdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Italiya Bosh vaziri Mario Dragi yaqinda Vashingtonga tashrifi chog‘ida AQSH Prezidenti Jo Baydenga Ukraina bo‘yicha kelishuvga erishish uchun Rossiya yetakchisi Vladimir Putinga qo‘ng‘iroq qilishni maslahat bergan. Bu haqda Dragining o‘zi ma’lum qildi.  

“O‘tgan hafta Vashingtonda bo‘lganimda va Bayden bilan gaplashganimda, Putin, ehtimol, faqat uning so‘zlarini eshitishni xohlashini aytdim. Shuning uchun men unga Putinga qo‘ng‘iroq qilishni aytdim. Aytishim kerakki, bu maslahat muvaffaqiyatli bo‘ldi. Chunki bir kundan keyin u emas, lekin Amerika Mudofaa vaziri Rossiya Mudofaa vaziri bilan gaplashdi”, degan Dragi Italiya shimolidagi Verona provinsiyasidagi maktab o‘quvchilari bilan suhbatda.

Dragining aytishicha, u xat olgan, xat muallifi vazirni ruslarni “nafaqat Rossiya fuqarolari, balki dunyo fuqarolari” sifatida ko‘rishga undagan. Shu munosabat bilan u Rossiya Federatsiyasi fuqarolarini dushman va aybdor deb hisoblash mumkin emasligini aytgan.

“Ular dushman emas, tinchlik haqida gapirganda buni yodda tutish kerak”, degan Italiya Bosh vaziri. 

Eslatib o‘tamiz, Italiya hukumati Ukrainadagi urushni tugatish rejasini tayyorlagandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Putin Bayden

Baholaganlar

343

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing