Putin ertaga Erdo‘g‘an va Raisiy bilan uchrashadi

Olam

image

Ertaga, 19 iyul kuni Tehronda Ostona uchligi – Rossiya, Turkiya, Eron sammiti bo‘lib o‘tadi. Unda qatnashish uchun Tehronga kelayotgan Prezident Vladimir Putin Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov va Prezident yordamchisi Yuriy Ushakov xabar berdi. 

Rossiya va Turkiya Prezidentlari Putin va Erdo‘g‘an uchrashuvda Ukraina g‘allasini eksport qilish masalasini muhokama qiladi.  

“Albatta, bu masala (Ukraina donining eksporti) prezidentlar o‘rtasida bevosita muhokama qilinadi, bu yuz foiz”, deydi Kreml vakili ikki davlat rahbarlarining bo‘lajak uchrashuvi mavzularini e’lon qilar ekan.  

Ushakovning ta’kidlashicha, "ish (Ukraina donini eksport qilish bo‘yicha) juda faol olib borilmoqda".  

U 13 iyul kuni Istanbulda Rossiya, Ukraina, Turkiya va BMT vakillari ishtirokida g‘alla bo‘yicha birinchi to‘rt tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tganini eslatib, “ular huquqiy asos va umumiy tartibni belgilovchi qo‘shma hujjat tayyorlashga kelishib oldilar. Ukraina portlaridan g‘alla eksport qilish uchun Istanbulda qo‘shma muvofiqlashtirish markazi ochishga kelishib olindi. Biz bu yo‘lda ishni davom ettirishga tayyormiz va bu ish davom etadi", deb ishontirdi Rossiya Federatsiyasi Prezidentining yordamchisi.

Shuningdek, Putin, Eronga tashrifi chog‘ida ushbu mamlakat oliy rahbari Oyatulloh Sayyid Ali Xomanaiy va Prezident Ibrohim Raisiy bilan ham uchrashib, mintaqaviy masalalarni muhokama qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Rajab Toyib Erdo'g'an Ibrohim Raisiy

Baholaganlar

125

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing