Putin Erdo‘g‘anni Prezident saroyi qolib, sanatoriyada mehmon qildi

Olam

image

Rossiya va Turkiya Prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyib Erdo‘g‘anning Sochida bugun, 5 avgust kuni bo‘lib o‘tgan muzokaralari ikki soat davom etdi. Rahbarlar Sochidagi “Rus” sanatoriyasining Imperator binosida uchrashdilar. 

Kun tartibiga keng ko‘lamli mavzular qo‘yildi: Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikdan tortib, mintaqaviy muammolar – Ukraina inqirozi, Tog‘li Qorabog‘ va Suriyadagi vaziyat muhokamasigacha. 

С Президентом Турции Реджепом Тайипом Эрдоgaном.

Putin “Turk oqimi” gaz quvurining ishlashi mavzusini ko‘tarib, bu liniya Rossiyaning Yevropaga uglevodorod yetkazib berishning barcha yo‘nalishlaridan farqli o‘laroq, to‘g‘ri, ritmik, hech qanday nosozliklarsiz ishlayotganini ta’kidladi.  

Uning fikricha, Yevropadagi iste’molchilar gazning uzluksiz tranzitini ta’minlagani uchun Turkiyadan minnatdor bo‘lishi kerak.

U, shuningdek, Erdo‘g‘anga Ukraina donining eksportini tashkil etishda vositachilik qilgani uchun minnatdorchilik bildirdi. Bundan tashqari, Putin muzokaralar natijasida amalga oshishi mumkin bo‘lgan Rossiya-Turkiya savdo-iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzolanganini ma’lum qildi. 

O‘z navbatida Erdo‘g‘an bu muzokaralar Turkiya-Rossiya munosabatlarida yangi sahifa ochishga yordam berishiga ishonch bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu energiyaga ham, Qora dengiz orqali o‘tadigan “don yo‘lagi”ga ham tegishli.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

768

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing