Putin, Erdo‘g‘an va Ruhoniy Anqarada yopiq eshiklar ortida uchrashuv o‘tkazadi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy bugun, 16 sentyabr kuni Suriya muammosini hal etish uchun Turkiya poytaxti Anqaraga keldi. 

Rus matbuoti bir necha kundirki, rasmiylarga havola bergan holda Suriyada urush barham topganini ovoz qilmoqda. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov “Trud” gazetasiga bergan intervyusida ham ma’lum qilgandi. Shunga qaramay, Turkiya va Eron Suriyada tinchlik o‘rnatish, Konstitutsion tizimni qaytarish, Idlibdagi vaziyatni barqarorlashtirish yuzasidan sammit o‘tkazish taklifini kiritgan. 

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an o‘z qarorgohida davlat rahbarlarini kutib oldi. 

Tadbir yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tishi aytilmoqda. Prezident Putinning Matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma’lum qilishicha, avval Prezidentlar yakka tartibda, so‘ng zaruratga qarab delegatsiyalar bilan uchrashuv o‘tkazadilar. 

Sammitda Suriyaning tanlangan mintaqalaridagi xavfsizlik, qochqinlarga yordam berish va mamlakatda asosiy infratuzilmani tiklash masalalarini muhokama qilinishi kutilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Turkiya Suriyaning eng yaqin qo‘shnisi. 2011 yilda Suriyada boshlangan notinch vaziyat, qurolli to‘qnashuvlar, urush va buning oqibatida odamlarnig o‘z uyini tashlab ketishi Turkiyaga ham xavf solmay qolmadi. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiya qo‘shni tarafdan kelgan 6 milliondan oshiq qochqinlarga eshiklarini ochgan, yordam ko‘rsatgan. Rasmiy ma’lumotlarda esa qochoqlar soni 3,5 million ekani aytiladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Hasan Ruhoniy Vladimir Putin Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

37

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing