Putin Erdo‘g‘an bilan uchrashdi (video)
Olam
−
12 dekabr 3882 1 daqiqa
Bugun, 12 dekabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Turkmanistonning Ashxobod shahrida Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan uchrashdi. Bu haqda RIA Novosti xabar beradi.
Rossiya va Turkiya rahbarlari Ashxobodga “Xalqaro tinchlik va ishonch yili”, Xalqaro betaraflik kuni hamda Turkmanistonning doimiy betaraflik maqomi berilganining 30 yilligiga bag‘ishlangan forumda ishtirok etish uchun borgan. Yetakchilarining uchrashuvi tafsilotlari hali e’lon qilinmagan.

Qayd etish joiz, Putin va Erdo‘g‘anning avvalgi uchrashuvi joriy yilning sentyabr oyida Xitoyda Shanxay hamkorlik tashkilotining 25-sammiti doirasida bo‘lib o‘tgan edi. Noyabr oyi oxirida esa liderlar telefon orqali muloqot qilib, Ukraina atrofidagi vaziyat yuzasidan, jumladan, AQSHning tinchlik bo‘yicha takliflari kontekstida fikr almashgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ashxoboddagi forum doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin tadbir boshlanishidan avval oyoqda turib suhbatlashgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi