Putin Erdo‘g‘an bilan Suriya masalasini muhokama qildi
Olam
−
16 Oktabr 2019
3894Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an telefon orqali muloqot qildi.
Ikki davlat rahbarlari Suriya Arab Respublikasidagi, shu jumladan ushbu mamlakat shimolidagi vaziyatni muhokama qilishni davom ettirdilar. Xususan, Turkiya armiyasi bo‘linmalari va Suriya hukumatining qurolli kuchlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlarning oldini olish zarurligi qayd etildi.
Rossiya Prezidenti Suriya-Turkiya chegarasi bo‘ylab hududlardagi gumanitar vaziyatning keskinlashishiga e’tibor qaratdi. Rossiya davlat rahbari, shuningdek, hozirda kurd qurolli guruhlari tomonidan himoya qilinayotgan terrorchilik tashkilotlari a’zolari, jumladan ISHIDning mavjud vaziyatdan foydalanishi qabul qilinishi mumkin emas deb hisoblaydi.
Terroristlar allaqachon ozod bo‘lish va qo‘shni davlatlarga kirishga harakat qilmoqdalar.
Rossiya va Turkiya Prezidentlari Suriyadagi siyosiy yechim jarayonini davom ettirish tarafdori bo‘lib, oktyabr oyining oxirida Jenevada BMT shafeligida Konstitutsiya qo‘mitasini chaqirishga ko‘maklashish niyatlarini bildirdilar.
Ikkala rahbar ham Suriya Arab Respublikasining hududiy yaxlitligini ta’minlash majburiyatini olganliklarini yana bir bor tasdiqladilar.
Vladimir Putin Rajab Toyib Erdo‘g‘anni yaqin kunlarda amaliy tashrif bilan Rossiyaga kelishga taklif qildi. O‘z navbatdagi Turkiya Prezidenti ham ushbu taklifni qabul etdi.
LiveBarchasi