Putin Erdo‘g‘an bilan qachon va qayerda uchrashishi ma’lum bo‘ldi
Olam
−
12 iyul 2022
7360Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an uchrashuvi bir haftadan keyin, 19 iyulda amalga oshadi. Prezidentlar Tehronda uchrashada. Bu haqda Putinning Matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
Tehronda Rossiya, Turkiya va Eron Prezidentlari uch tomonlama sammitda ishtirok etadi. Keyin esa qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkaziladi.
“Prezidentning Tehronga safariga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Ostona jarayoni kafillari bo‘lgan davlat rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu, sizlarga ma’lumki, Suriyani tartibga solishga ko‘maklashish jarayonidir”, degan Peskov.
Kreml vakilining qayd etishicha, Eronda davlat rahbari uchun ham ikki tomonlama, ham uch tomonlama muloqotlar rejalashtirilgan.
“Haqiqatan ham Putin, Raisi va Erdo‘g‘an o‘rtasida uchrashuv bo‘ladi. Uch tomonlama uchrashuvdan tashqari, albatta, ikki tomonlama uchrashuv ham bo‘ladi. Kecha biz Putin va Erdo‘g‘an o‘rtasida bo‘lajak oliy darajadagi muloqotlar haqida xabar bergan edik. Bu uchrashuv. u yerda ham bo‘ladi”, deya qo‘shimcha qildi Kreml matbuot kotibi.
Peskovning aniqlik kiritishicha, Putin 19 iyul kuni Tehronga boradi, uning Erdo‘g‘an bilan uchrashuvi shu kunga rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 11 iyul kuni Erdo‘g‘an va Putin telefon orqali muloqot qilgandi. Kreml muloqot bo‘yicha ma’lumot berib, Prezidentlar tez orada uchrashishi bildirgandi.
LiveBarchasi