Qodirovning qizi kutubxonani restoranga aylantirdi. Grozniyliklar g‘azabda
Olam
−
05 yanvar 2020
17216Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning qizi Oysha Grozniy markazida "Parij" restoranini ochdi.
Restoranning ochilishi Yangi yil arafasida bo‘lib o‘tgan. Shu kuni xavfsizlik choralari ko‘rilgan, xavfsizlik kuchlari Vladimir Putin prospektini yopishgan. Yangi restoran joylashgan hududda aholi turar joylari ham mavjud bo‘lib, xavfsizlik xodimlari uylarga kirish eshiklari atrofini ham o‘rab olgan. Bu esa noroziliklarga sabab bo‘lgan. Qodirov marosimga rafiqasi Medni va bir qator Chechen rasmiylari bilan kelgan.
Ta’kidlanganidek, restoran 2016 yil aprel oyida yopilgan sobiq Grozniy shahar markaziy kutubxonasi binosida joylashgan. Ushbu qaror mahalliy aholining noroziligiga sabab bo‘ldi, ular kutubxona Grozniy ziyolilari uchun muloqot markazi bo‘lganini aytishmoqda.
“Bino ikki og‘ir urushdan va Checheniston uchun eng davrdan omon qolgan. Ammo urushdan keyingi vayronagarchilik yillarida ham uni hech kim boshqa narsaga aylantirgan emas. U o‘z kitobxonlarini qabul qilib kelayotgan edi”, deydi grozniyliklardan biri.
Bundan tashqari, "Parij" bu Qodirovning Grozniy markazida ochgan ikkinchi restorani.
Ma’lumot o‘rnida, Oysha Qodirova 2016 yildan beri “Firdavs” modalar uyining direktori bo‘lib, unga 2009 yilda onasi Medni Qodirovaning tashabbusi bilan asos solingan. Shuningdek, u “Lady A” ayollar ichki liboslari do‘koniga ham egalik qiladi.
LiveBarchasi