Putin dunyoni kimlar boshqarishini aytdi

Jamiyat

image

Kimki jahon texnologiyalari va bilimlari “musobaqasida” yetakchiga aylansa, u dunyoni boshqaradi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin fan va ta’lim bo‘yicha kengashda aytib o‘tdi.

“Biz dunyo bo‘ylab texnologiya va bilimlar uchun global raqobat jadal rivojlanib borayotganini ko‘rib turibmiz va kim bunda yetakchilik qilsa, u butun insoniyatning keyingi rivojlanishini belgilashi aniq”, deydi davlat rahbari.

Uning ta’kidlashicha, ilmiy va texnologik suverenitet Rossiyaning buguni va kelajagi masalasidir. Shuningdek, unda ilm-fan sohasida yetakchilar qatorida bo‘lish uchun hamma narsa yetarli.

Putin Rossiya Hukumatiga ilm-fanni byudjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish yondashuvini tubdan o‘zgartirib, ilmiy-texnikaviy rivojlanishning yangi davlat dasturini tayyorlashni buyurgan. Shu bilan birga, Prezident ta’kidlashicha, harbiy-sanoat majmuasi sohasida eng murakkab texnologik loyihalarni tashkil etish tajribasini hisobga olish kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

3379

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing