Putin dunyoda ko‘p qutblilik tendensiyasi kuchayishini aytdi

Olam

image

Bugun, 20 aprel kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ko‘p qutblilik global tendensiyasi kuchayishi va bu tendensiyaga amal qilmaganlar yutqazishini aytdi. Bu haqda u mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish kengashi yig‘ilishida gapirdi.

“Dunyoda ko‘p qutblilik tendensiyasi rivojlanishi muqarrar. U faqat kuchayadi. Buni tushunmagan va bu tendensiyaga ergashmaydiganlar esa yutqazadi. Bu haqiqat mutlaqo aniq. Bu quyosh chiqishi kabi ravshan. Bu borada hech narsa qilib bo‘lmaydi”, deydi Putin.

Shu bilan birga, Rossiya rahbari mamlakat o‘z yo‘lini tanlab, munosib natijalarga erishayotganini ta’kidlagan.

“Biz o‘z yo‘limizdan ketyapmiz va yaxshi natijalar ko‘rsatmoqdamiz. Bizning vazifamiz bu olg‘a harakatni kuchaytirishdir”, deya ta’kidlagan Rossiya Prezidenti.

Shuningdek, Putin hozirda rossiyaparast kuchlar nazorati ostidagi “Donetsk xalq respublikasi” va “Lugansk xalq respublikasi” hamda Ukrainaning Zaporoje va Xerson viloyatlari ko‘p yillar davomida Rossiya bilan birga bo‘lish huquqi uchun urush olib borganini iddao qilgan.

“Ko‘p yillar davomida ular Rossiyadan farqli ravishda, mintaqaviy va shahar hokimiyatining mutlaqo boshqacha sharoitlarida yashadilar”, degan Putin.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti munitsipal mas’ullarga “yangi hududlar”dan kelgan hamkasblariga iliqlik va g‘amxo‘rlik bilan yordam berishni buyurgan.


Maqola muallifi

Teglar

Putin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing