Putin dunyo uchun asosiy xatarlar nima ekanini aytdi

Olam

image

Ommaviy ishsizlik va kambag‘allik dunyo uchun eng katta xavf bo‘lib turibdi. Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin videokonferensiya shaklidagi G20 sammitida shunday fikr bildirdi. Uning bayonoti Kreml saytida e’lon qilindi.

“Ba’zi ijobiy signallarga qaramay, uzoq muddatli, “turg‘un” ishsizlik va ijtimoiy ta’minlanmaganlik dunyoda eng asosiy xatar bo‘lib turibdi va “yigirmatalik”ning vazifasi bunga yo‘l qo‘ymaslikdir”, deya ta’kidlagan Putin onlayn murojaati vaqtida.

U pandemiya milliy iqtisodiyotlarning o‘sishiga jiddiy putur yetkazganini, yuz minglab odamlarni hayotdan olib ketgani va millionlab odamlarni ishidan mahrum qilganini ta’kidladi.

Putin pandemiya hamda global lokdaun va iqtisodiy aktivlarning muzlatilishi dunyo “Buyuk depressiya”dan beri duch kelmagan tizimli inqirozga sabab bo‘lganini aytib o‘tdi.

RF yetakchisi koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash doirasida vaksina barcha uchun mavjud bo‘lishi kerak, degan fikrni ilgari surdi. Shuningdek, Rossiya vaksinaga ehtiyoji bor davlatlarga preparatni yetkazib berishga tayyorligini qo‘shimcha qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin

Baholaganlar

632

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing