Putin don bo‘yicha kelishuvni uzaytirishga rozi bo‘ldi – Erdo‘g‘an
Olam
−
14 iyul 2023
7881Rossiya Prezidenti Vladimir Putin don shartnomasini uzaytirishga rozi bo‘ldi. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bayonot berdi.
“Bizning Qoradengiz g‘alla tashabbusi bo‘yicha ham umumiy pozitsiyamiz bor… Putin men bilan don shartnomasini uzaytirishga rozi bo‘ldi”, degan Erdo‘g‘an.
Uning eslatishicha, hozirda Turkiya avgust oyidagi tashrif bilan Putinni qabul qilishga hozirlik ko‘rmoqda.
Shuningdek, Turkiya rahbari BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Rossiya Prezidentiga maktub yo‘llaganini qo‘shimcha qilgan.
“Umid qilamanki, ushbu maktub va Rossiya bilan birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan biz don yo‘lagi bo‘yicha kelishuvni uzaytiramiz”, degan u.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Putin don bitimi doirasida Rossiya uchun hech narsa qilinmagani, bu bir tomonlama o‘yin ekanini aytgandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr