Putin Dog‘iston rahbarini o‘ziga maslahatchi etib tayinladi
Olam
−
05 Oktabr 2020
8908Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bugun, 6 oktyabr kuni Vladimir Vasilevning Dog‘iston rahbari lavozimidan iste’fosini qabul qildi. Bu haqda Kreml xabar bermoqda.
"Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin" Dog‘iston Respublikasi rahbarining vakolatlarini muddatidan oldin tugatish to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi", deyiladi xabarda.
Ularning qo‘shimcha qilishicha, farmon "Dog‘iston Respublikasi rahbari Vasilevning vakolatlarni muddatidan oldin tugatish to‘g‘risidagi bayonoti bilan bog‘liq holda" imzolangan. Putin boshqa farmon bilan Vasilevni o‘zining maslahatchisi etib tayinladi. Stavropol o‘lkasidan Rossiya Federatsiyasi Federatsiya Kengashining a’zosi Sergey Melikov esa Dog‘iston rahbari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Davlat rahbari Vasilevning Dog‘iston rahbari sifatidagi faoliyatini yuqori baholadi.
"Siz respublika rivoji uchun juda ko‘p ish qildingiz, ayniqsa, bu qiyin paytda. Siz ko‘p narsalarni o‘z zimmangizga olishdan qo‘rqmadingiz va o‘z vazifangizni juda munosib bajardingiz", dedi Putin Vasilev bilan videokonferensiya uchrashuvi paytida.
Prezident Melikovga respublikani dekriminallashtirish bo‘yicha ishlarni davom ettirishni buyurdi. Putin Vasilev respublikani dekriminallashtirish uchun "juda ko‘p ish qilganini" ta’kidladi. "Ammo biz bu yo‘nalishda kelgusida qat’iy ishlashimiz kerak", dedi davlat rahbari.
Prezident Dog‘iston aholisi "ochiq, halol odamlar, har qanday adolatsizlikka, ma’muriy qo‘pollikka va hukumat amaldorlarining noto‘g‘ri xatti-harakatlariga juda sezgir", deb qo‘shimcha qildi. "Siz ularning hurmati va ishonchini qozonishingiz kerak. Umid qilamanki, buni uddalaysiz", dedi Putin respublika rahbari vazifasini bajaruvchiga.
LiveBarchasi