Putin davlat tashrifi bilan Qozog‘istonga keladi
Olam
−
26 avgust
5026Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Oqo‘rda xabar berdi.
Muloqotda tomonlar Rossiya davlat rahbarining Ostonaga davlat tashrifiga tayyorgarlikni muhokama qilgan. Suhbat chog‘ida davlat yetakchilari Qozog‘iston-Rossiya hamkorligining bugungi holati va istiqbollari haqida fikr almashgan.
Shuningdek, ular savdo-iqtisodiy va energetika sohalarida eng yuqori darajada erishilgan kelishuvlarni to‘liq amalga oshirish zarurligini qayd etgan.
O‘z navbatida, To‘qayev Putinga Tatariston poytaxtida 2024 yilning 22-24 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan BRICS sammitiga taklifi uchun minnatdorlik bildirgan.
Putin noyabr oyida Qozog‘istonga davlat tashrifi bilan borishni rejalashtirmoqda. U iyul oyi boshida To‘qayevdan tegishli taklif olgan. Qozog‘iston Prezidenti safarni Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) Oliy kengashi majlisi bilan birlashtirishni taklif qilgan. Putin To‘qayevga taklif uchun minnatdorlik bildirgan va birlashtirish g‘oyasini ijobiy baholagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun Ostonaga kelgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi