Putin Butunjahon Do‘stlik o‘yinlarini noma’lum muddatga qoldirdi
Sport
−
05 dekabr
3055Rossiya tomonidan Olimpiya o‘yinlariga muqobil sifatida o‘tkazilishi rejalashtirilgan va sentyabr oyida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan Butunjahon Do‘stlik o‘yinlari qoldirildi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning farmoni e’lon qilindi.
Hujjatga ko‘ra, dastlab 2024 yilning 15-29 sentyabr kunlari Moskva va Yekaterinburg shaharlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan, keyin esa 2025 yilga ko‘chirilgan Do‘stlik o‘yinlari maxsus ko‘rsatma chiqquniga qadar qoldirildi. Qaror “sportchilar va sport tashkilotlarining xalqaro sport tadbirlariga erkin kirish huquqini himoya qilish” bilan izohlanadi, Putinning farmonida aniq sabab ko‘rsatilmagan.
Qayd etish joiz, Rossiya hukumati Ukrainadagi urush tufayli rossiyalik sportchilarning xalqaro musobaqalarda ishtirok etmasligiga javoban Olimpiada yillarida Do‘stlik o‘yinlarini tashkil etish qarorini e’lon qilgan. Putinning tegishli farmoni 2023 yil oktyabr oyida imzolangan.
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) bu tashabbusni tanqid qilib, bu Moskvaning sportni siyosiylashtirishga qaratilgan “bema’ni urinishi” ekanini bildirdi. XOQ sportchilarni Do‘stlik o‘yinlarida qatnashishdan bosh tortishga chaqirdi.
LiveBarchasi