Putin bugundan yangi avtomobilda yurishni boshladi (video)
Olam
−
07 may 2024
21814Rossiya Prezidenti “taxt”ini yana olti yilga egallab olgan Vladimir Putin bugun, 7 may kuni inauguratsiya marosimiga Aurus avtomobilining yangilangan versiyasida keldi. U yangi avtomobildan birinchi marta foydalanmoqda.
Putin roppa-rosa olti yil avval, 2018 yil 7 may kuni inauguratsiya marosimiga Aurus’da borgan edi. O‘shandan beri Prezident doimiy ravishda mahalliy limuzinda yurdi va u navbatdagi marosim uchun yangidan jihozlangan.
Aurus ishlab chiqaruvchisi – NAMI bosh direktori Fedor Nazarovning aytishicha, avtomobildagi eng muhim o‘zgarish – bu uning old qismi bilan bog‘liq. Prezident avtomobilining old qismi butunlay o‘zgargan, ya’ni old faralar, bamper, kapot, qanotlar.
Uning ma’lum qilishicha, yangi avtomobil nafaqat tashqi ko‘rinishi, balki ichki komforti va imkoniyatlari bilan ham eskisidan farq qiladi.
LiveBarchasi