Putin Bosh vazir lavozimiga Mishustin nomzodini ko‘rsatdi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Davlat Dumasiga Mixail Mishustinning mamlakat Bosh vaziri lavozimiga nomzodini taqdim etdi. Bu haqda parlament quyi palatasi raisi Vyacheslav Volodin ma’lum qildi.

“Prezident Vladimir Vladimirovich Putin Davlat Dumasiga Mixail Vladimirovich Mishustinning Bosh vazir lavozimiga nomzodi bo‘yicha taklif kiritdi”, deb yozgan Volodin o‘zining Telegram-kanalida.

Bugun, 10 may kuni Davlat Dumasi Bosh vazir nomzodini muhokama qiladi.

Konstitutsiyaga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Davlat Dumasi tomonidan tasdiqlanadi. Bosh vazir tasdiqlanganidan keyin bir haftadan kechiktirmay Prezidentga federal ijroiya organlarining tuzilmasi bo‘yicha takliflar kiritadi. Shuningdek, u Prezidentga Bosh vazir o‘rinbosarlari va federal vazirlar lavozimlariga nomzodlarni taklif qiladi.

Ma’lumot uchun, Mixail Mishustin Vazirlar Mahkamasini 2020 yilning yanvaridan buyon boshqarib kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya hukumati 7 may kuni mamlakat Prezidenti Vladimir Putinning inauguratsiyasidan so‘ng darhol iste’foga chiqdi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Mixail Mishustin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made