Putin birdaniga 11 nafar generalni ishdan oldi
Olam
−
05 noyabr 2019
7001Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Tergov qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar va Ichki ishlar vazirliklarining 11 nafar generalini lavozimidan chetlatdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Bo‘shatilgan generallar orasida Rossiya Ichki ishlar vazirligining jamoat tartibini saqlashni ta’minlash bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, hozirda 100 mln rubllik firibgarlik ayblovi bilan tergov izolyatorida saqlanayotgan general-mayor Aleksandr Melnikov, shuningdek, general-mayor Sergey Juravlev, general-mayor Mixail Lixachev, Aleksandr Yeremeyev, Maksim Maksimenko, Sergey Vlasov hamda Vladimir Dejkinlar bor. IIVning Qorachoy-Cherkes Respublikasi, Tyumen viloyati bo‘yicha boshqarmalari rahbarlari ham ishdan olindi.
Putin hammasi bo‘lib favqulodda vaziyatlar vazirligining 6 nafar, ichki ishlar vazirligining 4 va tergov qo‘mitasining bir nafar generalini o‘z lavozimidan bo‘shatdi.
Shuningdek, Putin bir qator yuqori lavozimlarga yangi tayinlovlarni amalga oshirdi.
Bundan tashqari, Rossiya prezidentining boshqa farmoni bilan ichki ishlar vazirligining 16 xodimiga general-mayor va general-leytenant unvonlari berildi.
LiveBarchasi