Putin bezovta. U koronavirusga qarshi kurash davom etayotganini eslatdi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin COVID-19 pandemiyasi sabab keng ko‘lamli taqiqlovlar qayta tiklanmasligi uchun xalqini koronavirus bilan bog‘liq cheklov choralariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi. U keng ko‘lamli taqiqlovlar iqtisodiyotga sezilarl zarar berishini ta’kidlagan.

“Bugun biz ushbu xavfli kasallik haqida bir necha oy avvalgidan ko‘ra ko‘proq narsani bilamiz. Qanday harakat qilishni, profilaktikani qanday amalga oshirishni bilamiz. Endi bahordagidek ahvol bo‘lmasligi uchun infeksiyaning tarqalishiga qarshi umumiy harakatlarimizning natijasi har birimizga bog‘liq”, degan Putin Rossiya Davlat kengashi rayosati yig‘ilishida.

Prezident pandemiyasi bilan kurash davom etayotganini qo‘shimcha qildi.

“Hech qanday holatda ham bo‘shashish, yushyorlikni yo‘qotish yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Hozir men barcha fuqarolarimizga yana bir murojaat qilmoqchiman: qadrli do‘stlarim xavf saqlanib qolyapti. Sizdan shuni yodda saqlashni, o‘zingiz va atrofingizdagilar uchun maksimal darajada mas’uliyatli bo‘lishni so‘rayman”, degan Putin.

RF Prezidenti fuqarolaridan shifokorlarning barcha tavsiyalarini bajarishni so‘ragan. 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin

Baholaganlar

483

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing