Putin-Bayden uchrashuvidan so‘ng ilk ijobiy o‘zgarish: Rossiya elchisi AQSHga qaytdi 

Olam

image

Rossiyaning AQSHdagi elchisi Anatoliy Antonov taxminan uch oylik tanaffusdan so‘ng bugun, 20 iyun kuni diplomatik faoliyatini davom ettirish uchun Amerikaga qaytdi. 

“Uning samolyoti Nyu-Yorkdagi Jon Kennedi nomidagi aeroportga qo‘ndi”, deyiladi TASS xabarida.

Ma’lum qilinishicha, diplomat AQSHga “Aeroflot”ning muntazam reysi bilan uchib ketgan. Antonovning aeroportdan to‘g‘ri Vashingtonga yo‘l olishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidenti Jo Bayden joriy yilning 16 mart kuni Amerikaning ABC telekanaliga bergan intervyusida Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni “qotil”, deb bilishini aytgandi. Shundan so‘ng, elchi Anatoliy Antonov konsultatsiya uchun Moskvaga chaqirilgan. AQSHning Rossiyadagi elchisi Jon Sallivan ham Vashingtonga qaytib ketgan. 

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 16 iyun kuni Shveysariyaning Jeneva shahrida Rossiya-AQSH sammiti bo‘lib o‘tdi. La Granj qasrida bo‘lib o‘tgan Vladimir Putin va Jo Bayden o‘rtasidagi yuzma-yuz uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarning ko‘plab qirralari muhokama qilindi. Ushbu sammit yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida Putin ikki davlat elchilari diplomatik faoliyatni davom ettirish uchun xizmat joylariga qaytishini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

150

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing