Putin va Bayden uchrashuvi tugadi. Dunyoning ikki buyuk davlati nimalarni muhokama qildi?

Olam

image
0:00
0:00
download

Bugun, 16 iyun kuni Shveysariyaning Jeneva shahrida Rossiya-AQSH sammiti bo‘lib o‘tdi. Hashamatli La Granj qasrida ikki davlat rahbari Vladimir Putin va Jo Bayden 3 soatdan ortiq muzokara olib bordi. 

Jeneva sammiti natijasiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida Vladimir Putin quyidagilarni ma’lum qildi: 

Ayni vaqtda qamoqda saqlanayotgan Rossiya muxolifati yetakchisi Aleksey Navalniy haqida 

Ma’lum qilinishicha, Putin Bayden bilan Navalniy masalasini muhokama qilgan va AQSH Prezidentiga quyidagi fikrlarini aytgan:

“U qonunni buzayotganini bilar edi. Shuningdek, qidiruvga berilganidan ham xabardor edi, shunday bo‘lsa ham keldi”.

Arktikani harbiylashtirish to‘g‘risida.

“Ushbu mavzu keng formatda va batafsil muhokama qilindi. Arktika va Shimoliy dengiz yo‘lining rivojlanishi ko‘plab mamlakatlarni qiziqtiradi. Arktikani harbiylashtirish to‘g‘risida xavotirlar asossiz. Biz u yerda SSSR davrida bo‘lmagan narsani qilyapmiz — infratuzilmani tiklayapmiz va hamkorlik qilishimiz kerak, shu jumladan AQSH bilan. Biz barcha savollarga yechim topamiz, men bu masalada hal qilib bo‘lmaydigan ishni ko‘rmayapman”.

Amerikalik jurnalist Rossiyada muxolif bo‘lgan tashkilotlar xorijiy agent sifatida tan olinishi to‘g‘risida savol bergan. Putin ushbu savolga AQSHda Floyd o‘ldirilgandan keyin mamlakatda yuz bergan siyosiy inqiroz hamda Kongressga qilingan hujumni eslab javob qaytargan.

“Bunday holatning hududimizda bo‘lishini istamaymiz va bunga yo‘l qo‘ymaymiz. Siyosiy talablar bilan odamlar AQSH Kongressiga kirdi. Bugun esa ularni uzoq muddatli qamoq jazosi kutmoqda. Ular hatto terrorchi deb e’lon qilindi. Nimaga asoslanib bunday qaror chiqarilgan, aniq emas. O‘shanda politsiyachi namoyishchilardan birini joyida otib tashladi. Shunga o‘xshash voqea bizda ham bo‘lishini xohlamaymiz”, deydi Putin.

Rossiya Prezidenti Navalniyga qarashli tashkilotlar ta’qibga uchrayotganining uchta sababini aytib o‘tdi:

•  ommaviy tartibsizliklarga chaqirish;
•  “Molotov kokteyli” tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatmalar tarqatish;
•  voyaga etmaganlarni ushbu jarayonlarga jalb qilish.

AQSH qamoqxonalaridan ruslarning qaytishi mumkinligi haqida gap bormi?

“Biz bu haqda gaplashdik, Prezident Bayden bu masalani Rossiyada qamoqda bo‘lgan Amerika fuqarolariga nisbatan ko‘tardi. Bu masala bo‘yicha ma’lum kelishuvlarga erishish mumkin. Tashqi ishlar vazirligi va Davlat departamenti ushbu yo‘nalishda ish olib boradi”, deydi u.

Tramp bilan bo‘lgani kabi Bayden bilan uchrashuvdan keyin ham AQSH Rossiyaga yangi sanksiyalarni qo‘llaydimi?

“Sanksiyaarning tashabbuskorlari biz emasmiz. Kongressmenlar esa ixtirochi odamlar, ular nimalarni o‘ylab topishmaydi.

Qayd etish kerakki, ikki tomon mamlakatdan chiqarib yuborilgan elchilarni o‘z xizmat joylariga qaytarish bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Rossiya Prezidenti yana shuni qo‘shimcha qildiki, muzokaralar davomida ikkala tomondan ham hech qanday bosim qilish holatlari bo‘lmagan. Bundan tashqari, Putin matbuot anjumanida Baydenning tajribaga boy siyosatchi ekanini bir necha bor takrorlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1351

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing