Putin Bayden bilan uchrashishi mumkin. Tomonlar muzokaraga kirishdi

Olam

image

AQSH Prezidentining Milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jeyk Sallivan va Rossiya Xavfsizlik Kengashi kotibi Nikolay Patrushev bugun, 19 aprel kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali suhbatda Prezidentlar Vladimir Putin va Jo Bayden uchrashuvini muhokama qildi. Bu haqda AQSH Milliy xavfsizlik kengashining rasmiy vakili Emili Xorn ma’lum qildi.

“Sallivan va Patrushev AQSH hamda Rossiya Prezidentlarining sammiti istiqbollarini muhokama qildi va aloqada bo‘lishga kelishib oldi”, deydi Xorn.

Shuningdek, Xorn tomonlar “ikki tomonlama munosabatlarning qator masalalarini, shuningdek mintaqaviy va global muammolarni muhokama qilganini” ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Jo Bayden 13 aprel kuni Vladimir Putinga qo‘ng‘iroq qilib, unga uchinchi davlatda oliy darajadagi uchrashuv o‘tkazishni taklif qilgandi.

Shu vaqtgacha, Finlyandiya, Avstriya, Islandiya va Chexiya davlatlari Bayden va Putin o‘rtasidagi uchrashuv uchun mezbonlik qilishni taklif qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

293

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing