Putin BAAga yetib bordi (video)

Olam

image

Bugun, 6 dekabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin amaliy tashrif bilan Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabiga bordi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.

Rossiya rahbarini aeroportda BAA Tashqi ishlar vaziri Abdulla Bin Zoid Ol Nahayon kutib oldi. 

Putinning BAA Prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan rasmiy uchrashuvi “Qasr al-Vatan” saroyida bo‘lib o‘tdi. Rossiya rahbari otliq eskort hamrohligida asosiy kirish eshigigacha yetib bordi. Ular BAA Prezidenti bilan birga davlat madhiyalari yangragan qabul zaliga yo‘l oldi, so‘ng siyosatchilar faxriy qorovul safidan o‘tib, suratga tushdi. Tadbirda Rossiya va BAA delegatsiyalari a’zolari ham ishtirok etdi.

Rejaga ko‘ra, dastlab kengaytirilgan tarkibda muzokaralar bo‘lib o‘tadi, shundan so‘ng davlat rahbarlari yuzma-yuz gaplashadi. Siyosatchilar hamkorlikning holati va istiqbollarini yanada rivojlantirish hamda joriy kun tartibini Yaqin Sharq masalasiga alohida e’tibor qaratgan holda muhokama qilmoqchi. Keyin Rossiya Prezidenti Ar-Riyodda Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi, Vazirlar kengashi raisi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan uchrashishi rejalashtirilgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Putin har ikki davlat rahbariyati bilan 2024 yilda Rossiya tashkilotga raislik qiladigan BRICS'ga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralar olib boradi.

“Bloomberg” nashri Putinning BAAga tashrifini Vashingtonning Moskvani dunyodan yakkalab qo‘yish siyosati muvaffaqiyatsizligi belgisi deb atagan. Nashrning qayd etishicha, rejalashtirilgan uchrashuvlar Putinning Fors ko‘rfazi davlatlari rahbarlari bilan aloqalari mustahkamlanganidan dalolat beradi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin Saudiya Arabistoni BAA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made