Putin Aliyev bilan energetika masalasini muhokama qildi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ozarbayjonlik mavqedoshi Ilhom Aliyev bilan kecha, 14 fevral kuni telefon orqali muloqot qildi. Suhbat chog‘ida savdo-iqtisodiy hamkorlik, jumladan, energetika va transport sohasidagi qo‘shma loyihalarni muhokama qilingan. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi. 

“Savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari, jumladan, energetika va transport sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi”, deyiladi xabarda. 

Bundan tashqari, ikki davlat rahbarlari Janubiy Kavkazdagi vaziyatni muhokama qilib, Ozarbayjon-Armaniston chegarasida barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha izchil qadamlar muhimligini ta’kidlagan.  

“Shu nuqtai nazardan, Rossiya, Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi tegishli kelishuvlarning barcha to‘plamini eng yuqori darajada so‘zsiz amalga oshirish kayfiyati tasdiqlandi”, deya ta’kidladi Kreml matbuot xizmati. 

Rossiya bir necha bor Baku va Yerevan o‘rtasidagi vaziyatni hal qilishda vositachi sifatida ishtirok etgan, jumladan, Armaniston va Ozarbayjon rahbarlarining muzokaralariga mezbonlik qilgan. Moskva vositachiligida 2020 yil noyabr oyida Tog‘li Qorabog‘da harbiy harakatlarni to‘liq to‘xtatish to‘g‘risida bayonot qabul qilindi. 2021 yil yanvar oyida esa Kremlda uch tomonlama uchrashuvdan so‘ng Qorabog‘dagi yangi infratuzilma loyihalari bo‘yicha qo‘shma bayonot imzolandi. Biroq, bu hujjatlar amalda ko‘p hollarda ishlamay keladi, Baku va Yerevan bir-birini uch tomonlama kelishuvlarni bajarmaslikda ayblaydi. 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Ilhom Aliev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing