Putin Alisher Usmonovning sobiq xotinini mukofotladi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Alisher Usmonovning sobiq xotini, Rossiya gimnastika milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Irina Viner-Usmonovani I darajali “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotladi. Bu bo‘yicha Putinning maxsus farmoni e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, Usmonovning sobiq rafiqasi mazkur mukofotga “davlat oldidagi xizmatlari, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun” loyiq ko‘rilgan. Shu tariqa Viner-Usmonova bu ordenning barcha darajalari egasiga aylandi. Bungacha u IV (2005 yil), III (2008 yil) va II (2018 yil) darajali “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeniga sazovor bo‘lgandi.

Bu orden faqatgina Rossiya Federatsiyasi fuqarolariga Rossiya davlatchiligini mustahkamlash, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish va uning mudofaa qobiliyatini oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlari, madaniyat va san’atni rivojlantirishdagi alohida yutuqlari uchun beriladi. Bundan tashqari, mukofot sportdagi ulkan muvaffaqiyatlar, shuningdek, xalqlar o‘rtasidagi tinchlik, do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan g‘alabalar uchun ham ajratiladi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 30 iyul kuni 75 yoshni qarshilaydigan Irina Viner-Usmonova 2015 yilda sportdagi yutuqlari uchun Olimpiya ordenini ham olgan va gimnastika bo‘yicha bu mukofotga sazovor bo‘lgan birinchi murabbiyga aylangan. U so‘nggi oltita olimpiada o‘yinlarida chempion bo‘lgan beshta gimnastikachi, jumladan mashhur sportchi Alina Kabayevaga ham ustozlik qilgan.

Asli samarqandlik bo‘lgan Usmonova Toshkentdagi sport majmuasida Alisher Usmonov bilan tanishib qolib, keyinchalik, 1992 yilda unga turmushga chiqqan. 2022 yilning iyul oyida esa juftlik 30 yillik oilaviy hayotdan so‘ng ajrashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Putin orden Usmonov Irina Viner-Usmonova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing