AQSH o‘rgimchakning o‘zginasi – Putinning hasratidan chang chiqdi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin AQSHni butun dunyoni o‘z to‘riga tortmoqchi bo‘lgan o‘rgimchakka qiyosladi. Uning bildirishicha, ayni paytda Vashington Ukrainada o‘zi aldagan odamlardan o‘z maqsadlariga erishish uchun foydalanmoqda. U bu haqda kecha, 30 oktyabr kuni Dog‘istondagi vaziyatga bag‘ishlangan yig‘ilishda so‘z ochgan. 

“Yovuzlikning ildizi qayerda ekanligini, bu o‘rgimchak qayerdaligini, butun sayyorani, butun dunyoni o‘z to‘riga tortib olishga harakat qilayotgan va jang maydonida bizning strategik mag‘lubiyatimizga erishmoqchi bo‘lgan odam bugungi Ukraina hududida o‘nlab yillar davomida o‘zi tomonidan aldangan odamlardan foydalanayotganini bilishingiz va tushunishingiz kerak”, deydi Putin. 

U, shuningdek, AQSHdagi hukmron elita va ularning yo‘ldoshlari Ukraina, Yaqin Sharq va boshqa mintaqalardagi mojarolardan foyda ko‘rayotganini aytgan.  

Putinning bildirishicha, bu aktyorlar dunyodagi ko‘plab mojarolar – Afg‘oniston, Iroq, Suriyadagi va Yaqin Sharqdagi hozirgi keskinlashuvlar ortida turibdi. 

“Haqiqat shundaki, Rossiya qanchalik kuchli bo‘lsa, jamiyatimiz shunchalik jipslashgan bo‘lsa, biz o‘z milliy manfaatlarimizni ham, G‘arbning neokolonializm siyosati qurboniga aylangan xalqlar manfaatlarini ham shunchalik samarali himoya qila olamiz”, deydi Rossiya Prezidenti.

Putinning fikricha, AQSHga Muqaddas zaminda tinchlik kerak emas. Ularga Yaqin Sharqda doimiy tartibsizlik kerak. 

“Shuning uchun ular G‘azo sektorida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishni, qon to‘kilishini to‘xtatishni talab qilayotgan va inqirozni hal qilishga real hissa qo‘shishga tayyor va bunda parazitlik qilmayotgan davlatlarni har tomonlama obro‘sizlantirishadi”, deb tushuntirgan Putin. 

U G‘arbning Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha BMT pozitsiyasiga qarshi hujumlariga e’tibor qaratdi.  

“Hattoki, jahon hamjamiyatining aniq ifodalangan pozitsiyasi bo‘lgan BMT ham hujumlar, haqiqiy ta’qiblar va obro‘sizlantirishga urinishlarga duchor bo‘lmoqda”, deydi Rossiya rahbari. 

Prezident AQSH Rossiyaning global va mintaqaviy muammolarni hal qilishda, jumladan, Yaqin Sharqdagi vaziyatni tartibga solishdagi ishtirokidan qoniqmasligini bildirdi.

"Kimdir ularning buyrug‘iga binoan ish tutmasa yoki gapirsa, ular umuman xursand bo‘lmaydilar. Ular faqat o‘zlarining eksklyuzivligiga, ularga hamma narsa ruxsat etilganiga ishonishadi", deya xulosa qilgan Putin AQSH haqidagi fikrlariga. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Vladimir Putin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing