Putin AQSHga dushmanmi yo Yevropaga? Rossiyaning tashqi siyosati qay yo‘ldan borishi aytildi

Olam

image

Rossiya G‘arbga dushman emas va o‘zini undan ajratib qo‘ymoqchi emas. Mamlakat AQSHni o‘zi va dunyo xavfsizligi uchun asosiy tahdid deb biladi. Bu haqda Federatsiya Prezidenti Vladimir Putin tomonidan imzolangan Rossiya tashqi siyosatining yangi Konsepsiyasida so‘z borgan. Prezident yangi Konsepsiya haqida Xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari bilan uchrashuvda ma’lumot berdi.

“Bugun men Rossiya Federatsiyasining yangilangan Tashqi siyosat Konsepsiyasini ma’qullash to‘g‘risidagi farmonni imzoladim”, deydi Putin.

Rossiya asosiy sivilizatsiya, rus dunyosining tayanchi, jahon taraqqiyotining suveren markazlaridan biri sifatida o‘zini o‘zi belgiladi. Shuningdek Konsepsiyasida quyida bandlar bor:

  • Rossiya o‘zini G‘arbning dushmani deb hisoblamaydi, o‘zini undan ajratib qo‘ymaydi va dushmanchilik niyatlariga ega emas. Qarama-qarshilik befoydaligini anglab yetish va teng huquqli hamkorlikka qaytishga ishonadi;
  • Moskva AQSH kursini o‘z xavfsizligi va xalqaro tinchlik uchun xavflarning asosiy manbai deb biladi;
  • asosiy ustuvor rejalar AQSH va dunyoning boshqa do‘stona bo‘lmagan davlatlari hukmronligi qoldiqlarini yo‘q qilishga qaratiladi;
  • Xitoy va Hindiston bilan aloqalarni chuqurlashtirish va muvofiqlashtirish alohida ahamiyatga ega;
  • Rossiyaning XXI asrdagi flagman loyihasi – bu Yevroosiyoni yagona tinchlik, barqarorlik, o‘zaro ishonch, taraqqiyot va farovonlik makoniga aylantirish;
  • gumanitar siyosatning ustuvor yo‘nalishlari rusofobiya kampaniyasiga qarshi turish, rus tilini, rus madaniyatini, sportini, rus pravoslav cherkovini himoya qilish, tarixiy haqiqat uchun kurashish;
  • Rossiya o‘ziga va (yoki) ittifoqdoshlariga qarshi qurolli hujumni qaytarish va oldini olish uchun qurolli kuchlardan foydalanishi mumkin.

Rossiya yetkachisi jahon maydonidagi jiddiy o‘zgarishlar tufayli asosiy strategik hujjatlarga tuzatishlar kiritish zarurligini ta’kidlab o‘tgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, yangilangan Konsepsiya davlatning o‘rta va uzoq muddatli istiqboldagi amaliy harakatlarining asosini tashkil etadi.

Rossiya tashqi siyosat Konsepsiyasini oxirgi marta 2016 yilda o‘zgartirgan edi. 2022 yil yanvar oyi oxirida Tashqi ishlar vazirligi xalqaro maydondagi o‘zgarishlarni hisobga olishi kerak bo‘lgan yangi hujjat loyihasini yaratdi. Shunga qaramay, Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida Konsepsiyani muhokama qilgach, Vladimir Putin uni yakunlash bo‘yicha ko‘rsatma berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Putin Tashqi siyosat Kontseptsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing