Putin Abega munosabatlar haqida gapirdi
Olam
−
05 Sentabr 2019
3861Rossiya va Yaponiya o‘rtasidagi munosabatlar barqaror va jadal rivojlanmoqda, ikki mamlakat o‘rtasida erishilgan kelishuvlar hayotga tatbiq etilmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sharqiy iqtisodiy forum doirasida Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan uchrashuvda aytib o‘tdi, deya xabar beradi TASS.
"Bizning ko‘plab tashabbuslarimiz amalga oshirilmoqda, ikki tomonlama munosabatlar barqaror va jadal rivojlanmoqda", dedi Putin. U Abe bilan kelishuvlari, shu jumladan Osakadagi G20 sammitida erishilgan kelishuvlar amalga oshirilayotganini qo‘shimcha qildi.
"Bugun, albatta, biz nafaqat o‘zimizning vaziyatimizni muhokama qilamiz, balki ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish yo‘lidagi keyingi qadamlarni ham belgilab olamiz", deb davom etdi Putin.
Rossiya Prezidenti Sharqiy iqtisodiy forumda yapon delegatsiyasining vakillik tarkibini qayd etdi: 500 dan ortiq yapon rasmiylari va biznes vakillari.
"Biz muntazam ravishda yig‘ilib turamiz, muloqotni davom ettirish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanamiz. Bundan juda mamnunmiz, chunki bu ikki tomonlama munosabatlarimizni rivojlantirishga hissa qo‘shadi", dedi Putin Abega.
"O‘rmon yong‘inlari munosabati bilan siz Krasnoyarsk o‘lkasi va Irkutsk viloyati aholisiga bildirgan hamdardlik so‘zlaringiz uchun samimiy minnatdorchilik bildirmoqchiman", dedi Putin.
LiveBarchasi