Putin 70 yoshga to‘lgan Lukashenkoni orden bilan taqdirladi 

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenkoni muqaddas havoriy Andrey Pervozvanniy ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonini imzoladi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Lukashenko Rossiya va Belarus o‘rtasidagi ittifoqchilik va strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirishdagi ulkan xizmatlari uchun, shuningdek, Rossiya va Belarus xalqlari o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlashdagi xizmatlari va Ittifoq davlatini tashkil etish va samarali faoliyatiga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun taqdirlangan.

Kremlninig ta’kidlashicha, Putin va Lukashenko ikki rahbar kuchli do‘stlik bilan bog‘langan, ular tez-tez uchrashadi, muntazam ravishda qo‘ng‘iroqlashadi.

Putin Lukashenkoni tabriklab, telegramma ham yuborgan va unda mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirib, uni dono siyosatchi deb atagan.

Ma’lumot uchun, Aleksandr Lukashenko 1954 yilda tug‘ilgan. Bugun, 30 avgust kuni u 70 yoshga to‘ldi. Lukashenko 1994 yilning iyulidan beri Belarusni boshqarib kelmoqda.

Zebo Turobjonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Putin Lukashenko orden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made