Putin harbiy xizmatga chaqirilganlarning pasportini olib qo‘yish haqidagi qonunni imzoladi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin harbiy xizmatchilarning pasportlarini olib qo‘yishni ko‘zda tutuvchi qonunni imzoladi. Mazkur qonun loyihasi Rossiya normativ-huquqiy hujjatlar portaliga joylashtirildi.

Ma’lum qilinishicha, endilikda Rossiyada shaxs harbiy xizmatga elektron chaqiruv olgan kunidan boshlab besh kun ichida o‘z pasportini mamlakat Ichki ishlar vazirligining migratsiya bo‘limiga yoki Davlat va kommunal xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha ko‘p funksiyali markaziga saqlash uchun topshirishi kerak. Yaqinda qabul qilingan raqamli chaqiruv to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, chaqiruv xati olganlarning Rossiyadan chiqib ketishi taqiqlanadi. 

Hujjat xizmat muddati tugagunga qadar yoki pasportning amal qilish vaqti yakunlanganigacha saqlanadi. Xuddi shunday tarzda Federal xavfsizlik xizmati xodimlari va Federal xavfsizlik xizmatidan harbiy xizmatdan bo‘shatilgan shaxslar pasportlarini topshirishlari kerak bo‘ladi. Ularning pasportlari esa FXXda saqlanadi. Pasportlarni saqlash, qabul qilish, hisobga olish va egasiga qaytarish tartibi hukumat tomonidan qonunda ko‘rsatilgan tartibda belgilanadi. 

Eslatib o‘tamiz, Putin joriy yilning aprel oyida elektron chaqiruv varaqalarini yuborish va chaqiruv varaqasi topshirilganidan so‘ng darhol mamlakatni tark etishni taqiqlash imkonini beruvchi qonunni imzolagandi.


Maqola muallifi

Teglar

pasport harbiy xizmat Putin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing