Putin ham Erdo‘g‘anga hamdardlik bildirdi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anga o‘nlab odamlarning o‘limiga olib kelgan ko‘mir konidagi avariya munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi. Bu haqda Kreml rasmiy sayti xabar berdi.

“Janob Prezident, Bartin viloyatidagi ko‘mir konida yuz bergan avariyaning ayanchli oqibatlari munosabati bilan mening chuqur hamdardligimni qabul qiling. Marhum konchilarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik va qo‘llab-quvvatlash so‘zlarini yetkazing. Shuningdek, barcha jabrlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilab qolamiz”, deyiladi xabarda.

Turkiyaning Bartin viloyatidagi Amasra mintaqasidagi ko‘mir konida sodir bo‘lgan portlash oqibatida, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 28 kishi halok bo‘lgan, 11 kishi shifoxonaga yotqizilgan.

Avvalroq Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev kondagi portlashda o‘nlab odamlar halok bo‘lgani munosabati bilan Erdo‘g‘anga hamdardlik bildirgan edi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 14 oktyabr kuni kuni Turkiyaning Bartin viloyatidagi Amasra shahridagi ko‘mir konida, 300 metr chuqurlikda portlash yuz berdi.

Turkiyaning tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) ma’lumotlariga ko‘ra, portlash transformator nosozligi tufayli sodir bo‘lgan. Ammo keyinroq agentlik bu ma’lumotni rad etib, favqulodda holat sabablari hali aniqlanmagani haqida bayonot berdi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

70

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing