PUBG'dagi profil uchun 4450 dollar to‘lagan o‘smir chuv tushdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Samarqandda 16 yoshli bola toshkentlik 14 yoshli boladan 4 450 AQSH dollari miqdorida pul olib, firibgarlik sodir etganligi aniqlandi. Bu haqda, O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Aniqlanishicha, 2023 yil yanvar oyining oxirlarida Samarqand viloyati  Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi voyaga yetmagan 16 yoshli bola o‘ziga tegishli bo‘lgan Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi “FRENZY AKKAUNT”i orqali PUBG o‘yinidagi profilini 7000 AQSH dollariga sotishi haqida reklama e’lon qilgan. 

Bu profilni sotib olish uchun Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida yashovchi 14 yoshli o‘smir samarqandlik geymer bilan kelishib, unga 4450 AQSH dollari miqdoridagi pullarni plastik kartasi orqali o‘tkazib bergan. Ammo “sotuvchi” 14 yoshli jabrlanuvchiga PUBG'dagi profilni bermasdan, undan olgan pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan. 

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan 16 yoshli bolaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ibrohimjon G‘afforov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

firibgarlik Geymer PUBG

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing