PSJning bir futbolchisi kaltaklandi, boshqasi hibsga olindi

Sport

image
0:00
0:00
download

PSJ ayollar jamoasi futbolchisi Aminata Diallo kecha, 10 noyabr kuni jamoadoshi Xeyra Xamrauiga hujum uyushtirganlikda gumonlanib, hibsga olindi. Bu haqda “L’Equipe” nashri xabar berdi.

Xeyra Xamraui Diallo va boshqa jamoadoshlari bilan birga restorandagi ziyofatdan so‘ng, uyiga qaytayotganida ikki niqobli erkak mashinani to‘xtatib, Xamrauini sudrab, olib ketgan, biroq avtomobil boshqaruvidagi Dialloga tegishmagan. Jinoyatchilar futbolchining oyoqlariga temir jism bilan urib, voqea joyidan qochib ketishgan. Jabrlanuvchi shifoxonaga joylashtirilgan. Hodisa joriy yilning 4 noyabr kuni tunda sodir bo‘lgan.

Ushbu voqea natijasida Xeyra ayollar o‘rtasidagi UEFA Chempionlar ligasidan o‘rin olgan “Real Madrid”ga (4:0) qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborgan. Biroq o‘shanda buning rasmiy sababi oshkor etilmagan edi. 31 yoshli fransiyalik futbolchining o‘rniga Aminata Diallo maydonda harakat qilgan. Shuning uchun, u jamoadoshiga hujum uyushtirganlikda gumon qilinmoqda.

“Pari Sen-Jermen rahbariyati o‘tgan hafta klub futbolchisiga qilingan hujumdan so‘ng bugun politsiya tomonidan Aminata Dialloning hibsga olinganini inobatga olgan holda huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda faoliyat yuritmoqda. Klub barcha protseduralarning borishini diqqat bilan kuzatib boradi”, deyiladi Parij klubi bayonotida.
 


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Parij Futbol PSJ Real Madrid Xeyra Xamraui Aminata Diallo

Baholaganlar

133

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing