PSJda ketishlar mavsumi davom etadi. Navbat bosh murabbiyga keldi

Sport

image

PSJ bosh murabbiyi Kristof Galte joriy mavsum yakunida o‘z lavozimini tark etadi. Bu haqda “L'Equipe” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, parijliklarning joriy mavsumdagi so‘nggi “Klermon”ga qarshi o‘yini fransiyalik mutaxassis uchun jamoadagi oxirgisi bo‘ladi. Klub yaqin kunlarda Galte bilan hamkorlikni to‘xtatganini e’lon qiladi.

Tez orada PSJ yangi murabbiy topish jarayonini tezlashtiradi.

Galtening parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan. PSJning 56 yoshli mutaxassisi qo‘l ostida jamoa Fransiya chempionati, Superkubogini qo‘lga kiritdi, shuningdek, Yevropa Chempionlar ligasining 1/8 finaliga chiqdi.

PSJ bugun, 3 iyun kuni mavsumdagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazadi. Parijliklar Fransiya chempionatining 38-turida “Klermon” bilan o‘ynaydi, uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:55 da boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

PSJ Kristof Galt'e

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made