PSJ yulduzi jiddiy jarohat oldi
Sport
−
10:30 500 1 daqiqa
Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klubi hujumchisi Xvicha Kvaratsxeliya to‘pig‘idan olgan jarohati sabab fevral oyining o‘rtalariga qadar maydonga tusha olmaydi. Bu haqda “Le Parisien” nashri xabar berdi.
Kecha, 29 yanvar kuni Chempionlar ligasi asosiy bosqichining sakkizinchi turidagi so‘nggi uchrashuvda PSJ o‘z maydonida Angliyaning “Nyukasl” jamoasi bilan 1:1 hisobida durang qayd etdi. Mazkur bahsning 22-daqiqasida Kvaratsxeliya jarohat olib, tibbiyot xodimlari yordamda maydonni tark etdi.
Nashrning ma’lum qilishicha, dastlabki xavotirlarga qaramay, o‘tkazilgan tekshiruvlar futbolchining to‘pig‘ida sinish yo‘qligini ko‘rsatgan. Shunga qaramay, gruziyalik hujumchi Fransiya chempionatining kamida to‘rtta o‘yinini o‘tkazib yuborishi kutilmoqda. Uning Chempionlar ligasi pley-off bosqichidagi ishtiroki esa hozircha so‘roq ostida qolmoqda.
Ma’lumot uchun, 24 yoshli Xvicha Kvaratsxeliya 2025 yil yanvar oyida PSJ safiga qo‘shilgan. U jamoa bilan Chempionlar ligasi, Fransiya chempionati, Fransiya kubogi va Fransiya Superkubogida g‘olib chiqqan.
Live
Barchasi