PSJ yana bir “o‘zga sayyoralik”ni olib kelmoqchi

Sport

image

PSJ 2022 yil yozda Krishtianu Ronaldu bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Xabarlarga ko‘ra, Parij klubi prezidenti Nosir Al-Xelayfi hujumchi Kilian Mbappening yangi shartnoma imzolamasligini yaxshi biladi. Shunga qaramay, PSJ hujumchini shartnomasi tugagunga qadar (2022 iyun) “Real”ga qo‘yib yubormaydi. Biroq, mablag‘ga bog‘liq masala emas.

Al-Xelayfi Mbappening o‘rniga 2022 yilda “Yuventus” bilan shartnomasi yakunlanadigan Krishtianu Ronalduni olib kelishga qaror qilgan. Bu vaqtga kelib 37 yoshga to‘ladigan portugaliyalik bilan 2 yillik shartnoma imzolanishi rejalashtirilgan. Shundan so‘ng, Ronaldu AQSH yoki Qatarda faoliyat olib borishi mumkin.

Nosir al-Xelayfi Ronaldu, Neymar va Messidan iborat super trioning PSJda bo‘lishini xohlagan va allaqachon birinchi qadamni tashladi.

Eslatib o‘tamiz, PSJ Lionel Messi bilan 2+1 ko‘rinishida yiliga 50 million yevroga mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.


Maqola muallifi

Teglar

Futbol Lionel' Messi Neymar PSJ Koishtianu Ronaldu Nosir al-Xelayfi

Baholaganlar

234

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing