PSJ o‘z maydonida “Chelsi”ni mag‘lubiyatga uchratdi
Sport
−
09:50 333 1 daqiqa
Kecha, 11 mart kuni Fransiyaning PSJ klubi Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichining ilk uchrashuvida Angliyaning “Chelsi” jamoasini 5:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Parij shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda dastlab mezbonlar hisobni ochishga erishdi. 10 daqiqada Bredli Barkola gol muallifiga aylandi. Shundan so‘ng 28-daqiqada “Chelsi” himoyachisi Malo Gyusto uchrashuvdagi muvozanatni tikladi. 40-daqiqada Usmon Dembelening goli yana bir bor jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.
Ikkinchi bo‘limning 57-daqiqasida Enso Fernandes goli bilan hisobni tenglashtirishga erishdi. Shundan so‘ng 74-daqiqada Vininya va 86, 90+4 daqiqalarda Xvicha Kvaratsxeliya dubli bilan parijliklar 5:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Ma’lumot uchun, ushbu jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi joriy yilning 17 mart kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.
Live
Barchasi