PSJ “Real” yetakchisini o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin

Sport

image
0:00
0:00
download

Madridning “Real” klubi huchumchisi Karim Benzema kelasi yozda “Qirollik klubi”ni tark etishi mumkin. Bu haqda “Goal.com” nashri xabar bermoqda. 

Manbada ta’kidlanishicha, “qaymoqranglilar” keyingi yil yozgi transfer oynasida Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Erling Holandni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Shu sababli madridliklar Benzemaning jamoadan ketishiga qarshi emas.

Tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, Benzema ham klubdan ketishga hamda vatani – Fransiyaga qaytishga tayyor. Shuningdek, PSJ klubi 33 yoshli tajribali hujumchi xizmatiga qiziqish bildirmoqda. Parij jamoasi futbolchini kelasi yozda jamoadan ketishi mumkin bo‘lgan Kilian Mbappega o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

Avvalroq Benzema kelajakda Fransiyaning boshqa jamoasi – “Lion” safiga o‘tishi mumkinligini ham inkor etmagandi. Chunki Benzema ushbu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Benzema joriy mavsum Ispaniya La ligasida 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 gol va 8 golli uzatmani amalga oshirgan. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yozda PSJ “Real”ni erkin agent maqomida tark etgan  himoyachi Serxio Ramosni o‘z safiga qo‘shib olgandi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Real PSJ Lion La liga Benzema

Baholaganlar

43

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing