PSJ “Real”ning shartlarini qabul qilmoqchi

Sport

image

Fransiyaning PSJ klubi yaqin vaqt ichida Kilian Mbappening “Real”ga o‘tishiga rozi bo‘ladi. Bu haqda “Marca” xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, PSJ Mbappening “Real”ga o‘tishi bo‘yicha kelishuvni yakunlash uchun ispan klubining barcha shartlarini qabul qilishga tayyor.

Madrid klubi Mbappening narxini klublar o‘rtasidagi aloqalar uchun maxsus yollangan vositachi orqali bilib oladi. Parijliklar bu masalani imkon qadar tezroq yopish niyatida.

PSJ “qirollik klubi”dan 230 million yevro so‘raydi. Fransiya klubi bu pulning bir qismini Mbappening bonusini to‘lash uchun ishlatmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Al-Hilol” Mbappe uchun kurashdan chiqqani ma’lum bo‘lgandi. Saudiya klubi endi e’tiborini “Napoli” a’zosi Viktor Osimxenga qaratmoqchi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Kilian Mbappe PSJ

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made