PSJ rahbariyati Messi va Ramosga bosim o‘tkazmoqchi
Sport
−
06 aprel 2023
4979PSJ klubi futbol maslahatchisi Luish Kampush jamoaning bir qancha futbolchilariga klub bilan yangi shartnomalar imzolash uchun bosim o‘tkazmoqchi. Bu haqda “Le Parisen” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, bosim o‘tkazish orqali Kampush o‘yinchilar bilan yangi shartnomalar imzolanishini tezlashtirmoqchi, PSJ futbolchilar bilan tez orada xayrlashish bahonasi orqali ular bilan shartnomani yangilab olmoqchi. Taxminlarga ko‘ra, bosim yarim himoyachilar Vitinya, Karlos Soler, Renatu Sanches, Fabian Ruis, himoyachilar Xuan Bernat va Serxio Ramos hamda hujumchilar Ugo Ekitike va Lionel Messiga o‘tkazilmoqda.
Fransiya chempionatining joriy mavsumida PSJ 29 o‘yindan so‘ng 66 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 1-o‘rinda bormoqda. Parijliklar eng yaqin ta’qibchisidan olti ochkoga oldinda.
Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda Lionel Messining PSJdan ketish ehtimoli yanada oshgan. Argentinalik hujumchi otasiga “Barselona” bilan muzokara o‘tkazishga ruxsat bergan.