PSJ prezidenti Neymar transferi bo‘yicha “Barselona”ga xat yozgani ma’lum bo‘ldi
Sport
−
09 may 2021
17632Avvalroq, braziliyalik hujumchi Neymar PSJ bilan shartnomasini 2025 yilgacha uzaytirgani haqida xabar bergandik.
Braziliyalik futbolchining amaldagi shartnomasi kelasi yilning 30 iyunida o‘z nihoyasiga yetadi.
Bundan avval "Barselona" Neymarni qaytarish haqida o‘ylayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgan edi.
Ta’kidlanishicha, "Pari Sen-Jermen" prezidenti Nosir Al-Xelayfi Kataloniya klubiga hujumchini tinch qo‘yishini iltimos qilib xat yuborgan.
Joriy mavsumda Neymar barcha turnirlarda 27 uchrashuvda maydonga tushdi va 15 ta gol urdi.
Ma’lumot o‘rnida, forvard 2017 yilda Parij klubiga kelib qo‘shilgan. Bungacha u Kataloniyaning "Barselona" jamoasida o‘ynagan va uning transferi rekord darajada, 222 million yevroni tashkil qilgan.