Neymar PSJ bilan yangi shartnoma tuzdi
Sport
−
08 may 2021 5336 1 daqiqa
Fransiyaning PSJ klubi hujumchisi Neymar bilan shartnomasini uzaytirdi. Yangi shartnomaning amal qilish muddati 2025 yilgacha belgilandi.
Xabar qilinishicha, hozirda 29 yoshli futbolchi soliqlar va bonuslarni hisobga olmaganda yiliga taxminan 30 million yevro maosh oladi.
Neymar 2017 yili “Barselona”dan 222 million yevro evaziga PSJga o‘tgan edi. Parijliklar tarkibida u Fransiyaning uch karra chempioniga aylandi va 2020 yilda YeCHL finaliga chiqdi.
Braziliyalik futbolchi PSJ safida 112 o‘yin o‘tkazib, 85 gol urgan va 51 golga uzatma amalga oshirgan.