PSJ “Oltin to‘p” marosimigacha Kvaratsxeliya bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Sport

image

PSJ gruziyalik hujumchi Xvicha Kvaratsxeliya bilan “Oltin to‘p” taqdirlash marosimigacha shartnomani uzaytirish niyatida. Bu haqda “L’Equipe” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Parij klubi 25 yoshli futbolchi bilan 2030 yoki 2031 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma imzolamoqchi. Shuningdek, uning maoshi ham oshirilishi rejalashtirilgan.

Kvaratsxeliyaning PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi. Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar allaqachon boshlangan.

Parijliklar yangi kelishuv bo‘yicha muzokaralarni joriy yilning 26 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan “Oltin to‘p” taqdirlash marosimigacha yakunlashga umid qilmoqda. Kvaratsxeliya mazkur mukofotga da’vogarlar qatoridan o‘rin olgan. Klub uning ehtimoliy g‘alabasi yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni murakkablashtirishi mumkinligini hisobga olmoqda.

Xvicha Kvaratsxeliya 2025 yilning yanvaridan beri PSJ safida to‘p tepib kelmoqda. O‘tgan mavsumda u barcha musobaqalarda 48 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, gruziyalik futbolchining transfer bahosi 140 million yevroga teng.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing