PSJ Neymarni “Barselona”ga taklif qildi

Sport

image

Fransiyaning PSJ futbol klubi braziliyalik hujumchisi Neymardan voz kechishga tayyor. Parijliklar Neymarni "Barselona"ga taklif qilishga ham ulgurdi, chunki ular 30 yoshli hujumchidan imkon qadar tezroq qutulishga harakat qilmoqda. Bu haqda “Foot  Mercato” xabar berdi.

PSJning “Bordo” jamoasiga qarshi kechgan oxirgi bahsida muxlislar Neymarga nisbatan haqorat va hushtakbozlik qilishdi. Chunki hujumchi jarohatidan qutulgach, o‘zidan kutilgan o‘yinni namoyish qilmayapti. Bu esa ishqibozlarning “sabr kosasini” to‘ldirib bo‘ldi.

Avvalroq, Qatar amiri Neymarning “xurmacha qiliqlari”dan charchagani va u braziliyalik futbolchini 100 million yevroga sotib yubormoqchiligi haqida xabar bergan edik.

Ma’lumot o‘rnida, Neymar PSJ safiga 2017 yili Ispaniyaning “Barselona” klubidan 222 million yevro evaziga kelib qo‘shilgandi. Bu transfer haligacha dunyo futbolidagi eng yirik xarid hisoblanadi. Joriy mavsum Neymar PSJ tarkibida 20 uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi. “Transfermarkt” portali 30 yoshli futbolchini 90 million yevroga baholamoqda.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

36

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing