Qatar amiri Neymardan qutulmoqchi

Sport

image

Qatar amiri hamda Fransiyaning PSJ futbol klubiga egalik qiluvchi Tamim bin Hamad Al Tani jamoasining braziliyalik “erkatoy” futbolchisi Neymar bilan bog‘liq doimiy muammolardan charchagan. Shuningdek, Neymarning otasi klub rahbariyati bilan yaxshi munosabat o‘rnatmagan. Braziliyalik futbolchi esa muntazm  ravishda jarohatlarini davolash bilan band. Bularning barchasi Parij jamaosi rahbarlariga xush kelmayapti. Bu haqda fransiyalik jurnalist Romen Molina xabar berdi.

Parijliklar Yevropa Chempionlar ligasining nimchorak final bosqichida "Real Madrid"ga mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi. Qatar amiri Neymarni PSJga YeCHL yutish uchun olib kelgandi. Braziliyalik  Fransiyaga kelganiga 5 yil bo‘ldi, biroq Parij klubi hanuz ushbu musobaqada zafar quchgani yo‘q. 

PSJ 2017 yili Neymar uchun “Barselona”ga 222 million yevro to‘lagan edi. Biroq hozirda 30 yoshli futbolchi uchun hech kim bunchalik ko‘p pul to‘lamaydi. Buni Parij klubi rahbarlari ham yaxshi anglab turibdi. Shuning uchun ular hujumchisini 100 million yevroga ham sotishga tayyor.

Ma’lumot o‘rnida, braziliyalik futbolchi joriy mavsumda PSJ safida barcha turnirlar doirasida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning amaldagi shartnomasi 2025 yilda yakuniga yetadi. “Transfermarkt” portali Neymarni 90 million yevroga baholagan.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

59

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing