PSJ murabbiyi bo‘lish uchun favorit nomi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

PSJning sobiq yarim himoyachisi Tiago Motta klubning yangi bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin. Bu haqda Football Italia xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Bolonya” ustozi PSJ murabbiylik posti uchun favorit hisoblanadi. Tez orada tomonlar ehtimoliy hamkorlik shartlarini muhokama qiladi.

Qayd etilishicha, germaniyalik mutaxassis Yulian Nagelsmann PSJning yangi bosh murabbiyi bo‘lmaydi.

2018 yilda faoliyatini yakunlagach, Motta PSJ, shuningdek, “Jenoa”, “Spetsiya” va “Bolonya” klublarida yoshlar jamoasi murabbiyi sifatida ishlagan.

Hozirda Kristof Galte parijliklar bosh murabbiyi hisoblanadi. U 2022 yilning iyulida jamoaga ustozlik qilishni boshlagan edi. Uning qo‘li ostida parijliklar Fransiya chempionligini qo‘lga kiritib, mamlakat superkubogi sohibiga aylandi. PSJ rahbariyati Galte bilan 2024 yilning yoziga qadar amal qiladigan shartnomani bekor qilish variantini ko‘rib chiqmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

PSJ Tiago Motta

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing