PSJ muxlislari nomdor futbolchilarga nisbatan norozilik namoyishlari o‘tkazmoqda

Sport

image

PSJ muxlislari klub hujumchisi Neymarning uyi oldida norozilik namoyishi uyushtirdi. Bu haqda “BeFootball” xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, muxlislar braziliyalik hujumchining uyi oldida “Neymar, yo‘qol”, deb baqirishgan.

Shuningdek, sal avval parijlik ishqibozlar PSJ rahbariyati qarorgohi oldida jamoa tarkibini o‘zgartirishni talab qilib norozilik bildirgan. Ular jamoa hujumchilari Lionel Messi va Neymar, bosh murabbiy Kristof Galte va prezident Nosir Al-Xelayfiyni haqorat qilgan.

Ma’lumot uchun, Neymar 2017 yildan beri PSJ sharafini himoya qilib kelmoqda. Mutaxassis va klub o‘rtasidagi shartnoma 2025 yilgacha mo‘ljallangan. Braziliyalik hujumchi joriy mavsumda barcha turnirlarda 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Neymar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing