PSG “Milan” futbolchisi uchun 70 mln yevro taklif qildi

Sport

image

“Milan” hujumchisi Rafael Leau faoliyatini Fransiya 1-ligasida davom ettirishi mumkin.“Pari Sen-Germain” 22 yoshli futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “La Gazzetta dello Sport” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Parij klubi portugaliyalik hujumchi uchun 70 million yevro to‘lashga tayyor. Biroq “Milan” Leauning sotuvi ortidan taxminan 100 million yevro ishlab olmoqchi. Bundan tashqari, “rossonerilar” portugaliyalik futbolchiga uch yillik yangi shartnoma taklif qilishga ham tayyor. Yangi bitim shartlariga ko‘ra, Leauning yillik maoshi 1,5 million yevrodan 4,5 yarim million yevroga ko‘tariladi.

Leau "Milan"da 2019 yilning avgust oyidan buyon o‘ynab kelmoqda. U "Lill"dan 29,5 million yevro evaziga “Milan”ga ko‘chib o‘tgan. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2024 yilning iyunigacha amal qiladi. 
Ma’lumot o‘rnida, Italiya A Seriyasining joriy mavsumida Rafael Leau 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” portaliga ko‘ra, portugaliyalik iqtidor egasining bozor qiymati 50 million yevroni tashkil qiladi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

11

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing