PSJ Messini o‘z safida olib qolish bo‘yicha bosh qotirmoqda

Sport

image

Fransiyaning PSJ klubi argentinalik hujumchi Lionel Messini o‘z safida saqlab qolish uchun hal qiluvchi qadamni tashlaydi. Bu haqda jurnalist Fransua Gallardo o‘z Twitter sahmfasida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, PSJ Messiga 1+1 sxemasi bo‘yicha yiliga 100 million yevro maosh oladigan yangi shartnoma taklif qilishga tayyor. Parijliklarning qatarlik rahbariyati argentinalik futbolchining Saudiya Arabistoni chempionatiga o‘tishiga yo‘l qo‘ymoqchi emas. Shuningdek, Messining “Barselona”ga qaytishi ehtilmoldan yiroq ekanligi ta’kidlanmoqda.

35 yoshli Messining PSJ bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi. Parijliklar safida barcha musobaqalarda o‘tkazilgan 39 uchrashuvda argentinalik futbolchi 20 ta gol urdi va 20 ta golli uzatmani amalga oshirdi. PSJ tarkibida Messi Fransiya chempioniga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiyaning “Al-Hilol” klubi Lionel Messini o‘z safiga qo‘shib olishga urinayotgani xabar qilingandi. “Al-Hilol” Messiga bir mavsum uchun 500 mln yevro taklif qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi PSJ

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing